35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qalayli Azizxon mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Qalayli Azizxon mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati T. Lutfullayev Qalayli Azizxon mahallasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Xotin-qizlarning mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4