Sessiya o‘z ishini qizg‘in ruhda davom ettirib, yoshlar masalasiga navbat berdi.
📋 Kun tartibining 5-masalasi: “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
🗣 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar tahlili yuzasidan Taxiatosh tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumamuratov ma’ruza qilib, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularga ko‘maklashish bo‘yicha aniq takliflarni o‘rtaga tashladi.
✅ Xalq vakillari har bir tashabbusni atroflicha ko‘rib chiqib, yoshlarning muammolarini hal etishga qaratilgan ushbu takliflarni bir ovozdan ma’qulladilar.