35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
янв.21
Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adolat SDP ishchi guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Amudaryo tumanida olib borildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev ham ishtirok etdi.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Adolat SDP deputatlari Oila va xotin-qizlar bo‘limida: hamkorlik va ijro nazorati
янв.21
Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" xususan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 22-sonli "Bosuv" saylov okrugi deputati Muratbayeva Saylixon Yendirbayevna tomonidan deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
Deputatlar Boyovul mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira’no Umarova tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

#deputatlik_faoliyati

FUQAROLAR MANFAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira’no Umarova tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO organlari faoliyati, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarning ko‘rib chiqilishi, xizmatlarning qulayligi va tezkorligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatning asosiy vazifasi — xalq bilan muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xizmatlardan foydalanish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq vakili — xalq ichida.
Fuqarolar murojaati — doimiy e’tiborda!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook