Yangiliklar

"Deputat mahallada"

Jizzax shahar Kengashi deputati X.Xamdamova, Jizzax shahar “Zilol” MFY raisi G. Boboqulovalar mahalla aholisining hududdagi muammolarini o‘rganish maqsadida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalla ichki ko‘chalariga asfalt, shag‘al yotqizish. Maktab oldiga yo‘laklar qilish, chiqindi tashlash joyi qurish, ko‘p qavatli uylarni joriy taʼmirlash, ichki ko‘chalarga yoritkichlar o‘rnatish kabi muammoli masalalar bildirildi. Ushbu muammolarni o‘z vaqtida sifatli bartaraf qilish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Slide 1 of 2