QAROR IJROSI: ENERGIYA TEJAMKOR TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 30-iyundagi VII-29-80-7-101-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🔎 Mazkur qaror asosida ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor usulda ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Islomova tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqaro Safarov Karim xonadonida o‘rganish olib borildi.
🏠 O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanmagani, dushxona qurilgan bo‘lsa-da, issiq suv ta’minoti mavjud emasligi, shuningdek, xonadon oldi qismida stiyajka ishlari bajarilmagani aniqlandi.
📋 Aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni bartaraf etish va ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
🤝 Deputatlik nazoratining maqsadi — ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash, kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ehtiyojmand oilalar uchun yaratilayotgan sharoitlarning sifatli bo‘lishiga erishishdir.