35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 666-son qarori ijrosi deputatlik nazorati tartibida o‘rganiladigan bo‘ldi.

🎯 O‘rganishning asosiy maqsadi — tumandagi bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan yoki ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilmayotgan obyektlarni aniqlash, ularni iqtisodiy aylanmaga jalb etish va yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholashdan iborat.

🔎 O‘rganish davomida obyektlarning:
▪️ mulkdorligi va huquqiy maqomi;
▪️ yer uchastkasidan foydalanish holati;
▪️ muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanganligi;
▪️ foydalanilmayotganlik sabablari;
▪️ mavjud investitsiya loyihalari;
▪️ ishga tushirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar;
▪️ yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari atroflicha o‘rganiladi.

👥 Shu maqsadda joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib boruvchi ishchi guruh tuzildi.

Aniqlangan har bir obyekt bo‘yicha muammo, imkoniyat, mas’ul tashkilot va bartaraf etish muddatlari alohida qayd etiladi.

📊 Muhimi, o‘rganish faqat hisobot va raqamlar bilan cheklanmaydi.

Har bir obyektning amaldagi holati joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va obyektlarni qayta ishga tushirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi.
🤝 Bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlarini ishga tushirish — yangi investitsiyalar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va eng muhimi, yangi ish o‘rinlari demakdir.

📌 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklar umumlashtirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tuman Kengashi sessiyasiga kiritiladi.