35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

HAMKORLIK VA DEPUTATLIK NAZORATI: MIGRATSIYA VA PERSONALLASHTIRISH BO‘LINMASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 HAMKORLIK VA DEPUTATLIK NAZORATI: MIGRATSIYA VA PERSONALLASHTIRISH BO‘LINMASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

📋 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida deputat D.Tuychiyeva tomonidan tuman IIB huzuridagi Migratsiya va personallashtirish bo‘linmasi faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida bo‘linmaning fuqarolarga ko‘rsatayotgan xizmatlari, murojaatlar bilan ishlash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda migratsiya sohasidagi vazifalarni amalga oshirish holatiga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud masalalarni hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Doimiy komissiya va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik — qonuniylikni ta’minlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1