35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumani hokimi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati S.Xo‘jametov va Kengash raisi A.Yuldashevlarning tuman hokimligida fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi qarori bilan hudud yo‘llarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda!
янв.21
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
Hisobot tinglandi
янв.21
Ish rejaga muvofiq, deputatlar faoliyati tahlil qilindi va keyingi haftalik ish rejalar belgilab olindi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Yoshlar manfaatlari va aholi muammolari — doimiy e’tiborda!
MANZILLI DASTUR DOIRASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

 MANZILLI DASTUR DOIRASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari M.Akramov, G.O‘ktamova,
D.Sodiqova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi
doirasida Taxtako‘prik mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar
o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida mahallaning A.Yassaviy ko‘chasida “IMKON YO‘L QURILISH
TA’MIR” MChJ tomonidan 1 kilometr 100 metr uzunlikdagi, 14 metr kenglikdagi
yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari holati, bajarilish sifati hamda
belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganildi.
 

Shuningdek, yo‘l qurilishi ishlarining belgilangan muddatlarda va sifat
talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.
 

O‘rganish yakunida mas’ullarga ishlarni sifat talablariga muvofiq davom
ettirish va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va
ko‘rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 7