Yangiliklar

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Yunusobod tumanidagi “Ahilobod” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mahalla fuqarolari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

🇺🇿Tadbir xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova Marina tomonidan tashkil etilib, mahalla aholisi uchun osh tarqatildi. Shuningdek, bayram dasturi doirasida turli o‘yin-kulgi va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilib, mahalla fuqarolariga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

🎆Bunday tadbirlar mahallalarda ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, aholining bayram kayfiyatini ko‘tarish hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi.

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4