Yangiliklar

Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev Do‘stlik mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi 6 nafar yoshning muammolari hal etilgani, huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan profilaktik ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalladagi 1 234 nafar yosh qamrab olinib, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda yuqori natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida 7 nafar yoshga 135 mln so‘m kredit ajratilib, ularning bandligi ta’minlangan. “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga ham amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Slide 1 of 1