Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
янв.21
Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adolat SDP ishchi guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Amudaryo tumanida olib borildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev ham ishtirok etdi.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Adolat SDP deputatlari Oila va xotin-qizlar bo‘limida: hamkorlik va ijro nazorati
янв.21
Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" xususan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 22-sonli "Bosuv" saylov okrugi deputati Muratbayeva Saylixon Yendirbayevna tomonidan deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
Deputatlar Boyovul mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi
Mustaqillik yillarida xalq ta’limi tizimidagi tub islohotlar va yangi maktablar qurilishi
Mustaqillik yillarida xalq ta’limi tizimidagi tub islohotlar va yangi maktablar qurilishi

  Mustaqillik yillari mamlakatimiz hayotining barcha sohalari qatori xalq ta’limi tizimida ham ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davri bo‘ldi. Chunki har qanday davlatning kelajagi, avvalo, bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan  yosh avlodni tarbiyalashga bog‘liq.
     O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasida milliy qadriyatlar va zamonaviy talablarga asoslangan yangi tizimni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ta’limning huquqiy asoslari mustahkamlanib, uning mazmuni va sifati bosqichma bosqich yangilandi. Keyingi yillarda esa maktab ta’limidagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim tizimi tiklandi, zamonaviy baholash usullari, yangi o‘quv dasturlari va darsliklar joriy etildi, o‘qituvchilarning mehnati munosib rag‘batlantirila boshladi.
     Ayniqsa, mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi o‘quv o‘rinlarini yaratish va zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirishga katta e’tibor berilmoqda. Keyingi o‘n yillikda mamlakatimizda yuzlab yangi maktablar qurilib, minglab maktab binolari rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirdan chiqarildi.
     Bu jarayonlar Beruniy tumani misolida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tumanning aholi soni ko‘payib, yangi mahallalar va aholi punktlari barpo etilishi natijasida aholiga yaqin hududlarda yangi maktablar qurish ehtiyoji ortib bordi. Shu asosda keyingi yillarda tumanda yangi ta’lim muassasalarini barpo etish, mavjud maktablarni rekonstruksiya qilish va ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
    Jumladan, 2024 yilda “Investitsiya” Davlat dasturi doirasida  “Lolazor” MFY,  xududida 70-sonli umumta’lim maktabiga 330 o‘rinli  yangi bino qurilish ishlari olib borildi. “Ibn Sino” MFY  xududida 6-sonli umumta’lim maktabiga  480 o‘rinli maktab bino qurilish ishlari olib borildi.
2025 yilda Beruniy tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Yoshlik aholi manzilida 330 o‘rinli yangi zamonaviy maktab barpo etildi. Qiymati 10 milliard 200 million so‘mlik ushbu ta’lim dargohida sport zali, kasb-hunarga tayyorlash xonalari va oshxona tashkil etildi. Eng muhimi, avvallari 8 kilometr uzoqlikdagi maktabga qatnagan o‘quvchilar endi o‘z yashash joylariga yaqin bo‘lgan zamonaviy maktabda ta’lim olish imkoniyatiga ega. Bu esa mustaqillik yillarida xalqimiz hayotida amalga oshgan amaliy o‘zgarishlarning yana bir yorqin namunasidir.
2026 yilda “Do‘stlik” OFY xududida  joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish orqali, 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari olib borildi. "Maxtumquli" OFY xududida  joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish orqali, 420 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari olib borildi. "Obixayot" MFY xududida  joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish orqali, 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari olib borildi. "Lolazor" MFY xududida  joylashgan 11-sonli umumta’lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish orqali, 330 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari olib borildi. "Abay" OFY xududida  joylashgan 68-sonli umumta’lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish orqali, 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari olib borildi.
Bugungi kunda maktab endi faqat bilim beriladigan muassasa emas. U yoshlarning qobiliyatini aniqlaydigan, ularni kasb-hunarga yo‘naltiradigan, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishga keng imkoniyat yaratadigan zamonaviy maskanga aylanmoqda. Mamlakatimizda Prezident maktablari, ijod maktablari va turli fanlarga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari tarmog‘ining kengayishi ham ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini belgilab berdi. Beruniy tumanida ham maktab ta’limi sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoit yaratish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi qurilayotgan va ta’mirlanayotgan maktablar, fan xonalari, kompyuter sinflari, sport zallari hamda zamonaviy jihozlar o‘quvchilarning sifatli bilim olishiga xizmat qilmoqda.
    Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida xalq ta’limi tizimi tom ma’noda yangi qiyofa kasb etdi. Beruniy tumanida qurilayotgan yangi maktablar, yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar va ta’lim sifatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor bu islohotlarning hayotiy samarasidir.
    Zero, mustaqillik bergan eng katta imkoniyatlardan biri – farzandlarimiz uchun erkin, zamonaviy va sifatli ta’lim olish sharoitining yaratilganidir. Bugun bunyod etilayotgan har bir maktab – bu kelajakka qurilayotgan mustahkam poydevor, ertanggi kun tarqqiyoti uchun kiritilayotgan eng muhim sarmoyadir.
Yuldasheva Raxima Xaitbayevna
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati