Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
янв.21
Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adolat SDP ishchi guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Amudaryo tumanida olib borildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev ham ishtirok etdi.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Adolat SDP deputatlari Oila va xotin-qizlar bo‘limida: hamkorlik va ijro nazorati
янв.21
Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" xususan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 22-sonli "Bosuv" saylov okrugi deputati Muratbayeva Saylixon Yendirbayevna tomonidan deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
Deputatlar Boyovul mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi
Muammolar ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganildi

Muammolar ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Ulug‘bek Allaberganov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Polvon mahallasida aholi bilan bevosita muloqot qilish, hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlarini tingladilar.

O‘rganish davomida Quyoshli va Polvonli ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholi elektr ta’minotidagi mavjud muammoni ko‘tarib, hududga yangi transformator o‘rnatish zarurligini bildirdilar.

Mazkur murojaat deputatning ish jurnaliga qayd etilib, muammoni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilinishi ma’lum qilindi.

Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1