35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Qonun ijrosi deputatlik nazoratida

 Qonun ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Kengash qarorlarining davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijro etilishi yuzasidan joylarda deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur nazorat tadbiri doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi a’zosi X. Turdiyev tomonidan Pastdarg‘om tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-noyabrdagi O‘RQ–996-son “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy xizmatlar sifati, qonun talablari amaliyotdagi ijrosi yuzasidan tahliliy o‘rganish olib borildi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha tavsiya va taklif ishlab chiqilib, qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.