35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📈Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.

🌐Mazkur yo‘nalishlar doirasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan Iskandar qishlog‘ida joylashgan 58-sonli umumta’lim maktabining faoliyati va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

⚠️O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi.

‼️ Natijada 3 ta isitish tizimi yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi.

⚠️ Aniqlangan muammoni bartaraf etish, maktabda kuz-qish mavsumini sifatli o‘tkazish hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 Muammo joyida aniqlandi. Masalani hal etish uchun deputatlik so‘rovi kiritildi.

Slide 1 of 3