35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
#Deputatlik_faoliyati #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari va deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Kamolon qabristonida joylashgan xonadonlardagi mavjud muammolar oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini faollari ham ishtirok etib, hududda istiqomat qiluvchi aholining murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi.
Jumladan, mazkur xonadonlarga kirib-chiqish uchun alohida yoʻl tashkil etish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hududdagi mavjud infratuzilma bilan bogʻliq masalalarni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Murojaatlarda koʻtarilgan masalalarni ijobiy hal etish maqsadida masʼullar tomonidan hududdagi mavjud imkoniyatlar oʻrganilib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Fuqarolar murojaatlarida koʻtarilayotgan ijtimoiy masalalarni joyiga chiqqan holda oʻrganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish va ularning qonuniy yechimini taʼminlash deputatlik faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3