35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
#Deputat_nazorati #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #162_ta_eng_muhim_qonun #Deputat_daftari

Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 9-Eshonguzar saylov okrugi deputati U. Sobirov tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinida yoshlar bandligini taʼminlash hamda maktab bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga qamrab olish masalalari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlarning bandlik holati, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish, mavjud boʻsh ish oʻrinlariga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, umumtaʼlim maktablarini tamomlayotgan bitiruvchilarni oliy va professional taʼlim muassasalariga qamrab olish, ularni kasb tanlashga yoʻnaltirish, taʼlimni davom ettirish istagida boʻlgan yoshlarga zarur tavsiya va koʻmak berish masalalari ham oʻrganildi.
Bitiruvchilarning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, ularni taʼlimning keyingi bosqichiga yoʻnaltirish, yoshlarning bandligini taʼminlash va kelgusida munosib kasb egasi boʻlib yetishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biri ekani taʼkidlandi.
Oʻrganish davomida mahalla faollari, masʼullar hamda yoshlar bilan muloqot oʻtkazilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Yoshlar — yurt kelajagi. Ularni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim olishi va munosib mehnat qilishi uchun imkoniyat yaratish barqaror taraqqiyotning muhim omilidir.

Slide 1 of 2