35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
19¹-modda. Nazorat tadbiri tahlili

19¹-modda. Nazorat tadbiri tahlili

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov ham ishtirok etdi.“Angor tumani Markaziy dehqon bozori” faoliyati o‘rganildi.

Nazorat tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan bayramoldi yarmarkalarining faoliyati, ularda aholiga taklif etilayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining assortimenti hamda narx-navolari bilan tanishildi.

Shuningdek, bozorda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilgani, savdo rastalaridagi sanitariya va obodonlashtirish holati, mahsulotlar narxlarining barqarorligi hamda yarmarkalarda aholi talabidan kelib chiqib mahsulotlar yetarli miqdorda bo‘lishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Nazorat tadbirida Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R. Sobirov ham ishtirok etib, bozorda jamoat tartibini saqlash, savdo jarayonida qonuniylikka rioya etilishi hamda bayramoldi kunlarda aholi gavjumligi sababli xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholi uchun qulay, xavfsiz va tartibli savdo muhitini ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1