35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Sportchi qizning yutug‘i mahallaga zamonaviy sport maydonchasini olib keldi

Mahallada istiqomat qiluvchi Qudratova Oygulning sportdagi yutuqlari evaziga hududda zamonaviy universal sport maydonchasi barpo etildi.
Oygul “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning Respublika final bosqichida sportning badminton turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, mahalla sharafini munosib himoya qilgan. Mazkur yutuq natijasida To‘g‘on mahallasi aholisi uchun zamonaviy universal sport maydonchasiga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi.
Bugun ushbu sport maydonchasining tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari N.Allanazarov va Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 6-"Guliston" saylov okrugidan saylangan deputat B. Abdimuminov hamda 4-sonli maktab jamoasi, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Oygulning sportdagi muvaffaqiyati e’tirof etilib, uning yoshlar uchun o‘rnak bo‘layotgani ta’kidlandi. Yangi sport maydonchasi mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir nafar sportchining yutug‘i — butun mahalla uchun katta imkoniyat!

Slide 1 of 5