35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
FARHOD MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TARG‘IBOT MAYDONI TASHKIL ETILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #Hamkorlik_faoliyati

FARHOD MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TARG‘IBOT MAYDONI TASHKIL ETILDI

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” talablari asosida mahallalarda yong‘inlarning oldini olish, aholi, ayniqsa, yosh avlod o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari izchil tashkil etilmoqda.

🤝 Shu maqsadda Uchtepa tumani Farhod mahallasi hududida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tuman bo‘limi hamkorligida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha maxsus targ‘ibot maydoni tashkil etildi.

🕯 Mazkur maydonda yoshlar va mahalla aholisi uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Turli ko‘rgazmali qurollar va axborot materiallari orqali yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish hamda xavfsizlik choralariga amal qilishning ahamiyati amaliy tarzda yetkazilmoqda.

💼 O‘rganish jarayonida Uchtepa tumani Kengashi Kotibiyati mudiri Anvar Usmanov va Kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etib, tashkil etilgan targ‘ibot maydonining faoliyati va aholiga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

🧠 Bunday targ‘ibot maydonlarining tashkil etilishi, ayniqsa, yoshlar orasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, ehtimoliy favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4