35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA MAJLISIDA MASALA MUHOKAMA QILINDI

Bugun Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Majlisda doimiy komissiya a’zolari, Kengash kotibiyatining mas’ul xodimlari hamda kun tartibidagi masalalarga daxldor tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Majlis kun tartibidan tumanda sanitariya-epidemiologik holat, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati masalasi o‘rin oldi.

Mazkur masala yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bosh vrachi Saidov O‘ralbek Erkinovichning hisoboti tinglandi.

Shuningdek, doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisiga tuman “Toza hudud” DUK rahbari X. Abdurahmonov ham taklif etildi. U kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar haqida ma’lumot berdi.

Hisobot va bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli savollar berildi. Xususan, Q. Raxamov va B. Toshpo‘latovlar kun tartibidagi masala yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan tegishli javoblar oldilar.

Muhokama davomida tumanda sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4