35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Deputatlik nazorati doirasida “Eskishahar” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, hudud obodonchiligi hamda infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar holati atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda oilaviy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim faoliyati doirasida ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga ko‘rsatilayotgan yordam va xizmatlar holati ko‘rib chiqildi.

Muloqotlar davomida hududni yanada rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, davlat organlari va mahalla institutlari hamkorligini kuchaytirish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari va tavsiyalar kiritish masalalari belgilab olindi.

O‘rganish yakunida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 1