35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tuman sport maktabi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida Parkent tumani sport maktabi direktori A.Qurbonaliyev ham ishtirok etib, sport maktabida badiiy gimnastika yo‘nalishida olib borilayotgan mashg‘ulotlar kuzatildi. Shuningdek, badiiy
gimnastika yo‘nalishi treneri Sherboyeva Sarvina bilan suhbat o‘tkazildi.Ma’lum qilinishicha, badiiy gimnastika mashg‘ulotlariga 46 nafar o‘quvchi qamrab olingan bo‘lib, mashg‘ulotlar haftasiga 3 marotaba tashkil
etilmoqda.Shuningdek, sport mashg‘ulotlarini tashkil etish sifati, mavjud sport inventarlari va sharoitlar, yosh sportchilarning mashg‘ulotlarga qamrovi hamda ularning musobaqalarga tayyorgarlik holati yuzasidan fikr almashildi.Suhbat davomida trener tomonidan erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Deputat tomonidan sport maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli ishlarni amalga oshirish belgilandi.
  

Slide 1 of 5