35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
“Xonchorbog‘” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Xonchorbog‘” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligiga e’tibor qaratildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Raimovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan “Xonchorbog‘” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

👩‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilaviy va ijtimoiy masalalarni o‘rganish hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.

⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonunida belgilangan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan vazifalar bilan hamohangdir. Qonunchilikda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikning huquqiy asoslari belgilangan. 

📌 O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🌿 Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi faolligini oshirish — muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 3