35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA XONDAMIR MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA XONDAMIR MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 23-saylov okrugidan saylangan deputati Muxtor Ilhomov “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Xondamir” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi, faollar va fuqarolar bilan uchrashdi.

📝 Muloqotda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, mahalladagi mavjud muammolar va aholi murojaatlari muhokama qilindi. Deputat mahalla faollari bilan birgalikda ayrim masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

💦 Xususan, 1-tor Bayroq ko‘chasida tiqilib qolgan kanalizatsiya tarmog‘i mas’ullar jalb etilishi natijasida joyida bartaraf etildi.

🔺 Shuningdek, fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotgan piyodalar yo‘lagini ochish, bolalar maydonchasini ta’mirlash bilan bog‘liq masalalarga ham amaliy yechim topildi. Shu tariqa, uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan 3 ta muhim muammo joyida hal etildi.

📉 O‘rganishlar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida olib borilib, kommunal xizmatlar, ichki ko‘chalar va piyodalar yo‘laklari, bolalar maydonchalari, hudud obodonligi hamda aholini qiynayotgan boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar va fuqarolarning takliflari deputat Muxtor Ilhomovning “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

✅ “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida 23-saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqot qilish, hududlarni obodonlashtirish va mavjud muammolarga manzilli yechim topishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6