35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
🌿 “Ishonch” mahallasida aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
🌿 “Ishonch” mahallasida aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi


24-Chinor saylov okrugida navbatdagi o‘rganish
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Rahmatova Muqaddas Bekpulatovna, Kengash kotibiyati hamda “MADAD” muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Malika Eliboeva tomonidan 24-Chinor saylov okrugiga qarashli “Ishonch” mahallasida hududdagi ijtimoiy obyektlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bolalar maydonchasining saqlanishi, uning jihozlaridan foydalanish imkoniyati, hududning tozaligi va obodonlashtirilishi, shuningdek, aholining hordiq chiqarishi uchun o‘rnatilgan besedkalarning umumiy holatiga e’tibor qaratildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Ayniqsa, bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahalla hududida aholining dam olishi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonunida belgilangan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq vazifalarga mos keladi.

🤝 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, bolalar maydonchasini saqlash va hududdagi besedkalarni tartibga keltirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

✨ Aholi uchun qulay muhit yaratish, bolalar xavfsizligini ta’minlash va mahallalarni obod saqlash — barchamizning umumiy vazifamizdir.


🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati

🇺🇿 Bizni kuzatib boring 👇
Slide 1 of 8