35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira tomonidan fuqarolar qabuli davomida kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, aniqlangan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaatda O‘zbekiston Yangi massividagi ko‘p qavatli uylar oldida maishiy chiqindilar to‘planib qolayotgani, chiqindilar o‘z vaqtida va muntazam olib chiqib ketilmayotgani sababli salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani bildirilgan.
Mazkur murojaat fuqarolarning qulay va toza muhitda yashash sharoitlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Amaldagi tartibga ko‘ra, chiqindi to‘plash shoxobchalaridan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish muntazam amalga oshirilishi lozim.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga hududdagi mavjud holatni o‘rganish, to‘planib qolgan chiqindilarni zudlik bilan olib chiqib ketish hamda kelgusida chiqindilarni belgilangan jadval asosida muntazam olib chiqib ketilishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Deputatlik nazorati doirasida murojaatning ijrosi va muammoning amaliy yechimi nazoratga olindi.

Slide 1 of 2