35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Sharq guli mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira tomonidan Sharq guli mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarni manzilli hal etish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahallaning obodonligi, sanitariya holati hamda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi.

Xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqilib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va daromad manbalarini yaratish borasidagi faoliyat o‘rganildi. Jumladan, mahalladagi xotin-qizlarning qanchasi ish bilan ta’minlangani, ishsiz xotin-qizlarni bandlikka jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov ham ishtirok etib, “mahalla yettiligi” a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xotin-qizlar bandligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish va aholi manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir.

Slide 1 of 4