35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
#doimiy_komissiya Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi

#doimiy_komissiya Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Pastdarg‘om tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Pastdarg‘om tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Maxmanazarovning hisoboti eshitildi.
Muhokama davomida tumanning ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining oshirib bajarilishi, shuningdek, elektron savdo maydonchalarida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ijara huquqini elektron onlayn auksion orqali sotish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishdan tushgan mablag‘lardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning belgilangan tartibda, maqsadli va samarali yo‘naltirilishi, ulardan foydalanishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar berildi.
Shuningdek, mablag‘larning sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga xizmat qiladigan yo‘nalishlarga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlandi.
Mahalliy budjet — hudud rivoji va aholi manfaatlari uchun muhim moliyaviy manba.

Slide 1 of 3