35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Aholi murojaatlari — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot Tadjimurodovich tomonidan hududda aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati ham o‘rganilib, ehtiyojmand va ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, 2 nafar fuqaroga kredit ajratilgani haqida ma’lumotlar olindi.

Bundan tashqari, mahallaga biriktirilgan patronaj xodimlarining faoliyati ham deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi. Patronaj xodimlari tomonidan nechta xonadonga tashrif buyurilgani, oilalarning ijtimoiy holati hamda tashriflar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Deputat tomonidan aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni faqat qog‘ozdagi ma’lumotlar asosida emas, balki xonadonma-xonadon o‘rganish va amaliy yechim topish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday nazorat tadbirlari hududdagi ijtimoiy masalalarni tizimli o‘rganish, aholining murojaatlariga o‘z vaqtida va manzilli yechim topish hamda deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4