35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Deputatlik nazorati doirasida Xorijiy tillar markaziga tashrif

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati S.Yuldosheva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi L.Xurramov tomonidan deputatlik nazorati tadbirlari doirasida Xorijiy tillar markaziga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida markazda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonining sifati yuzasidan fikr almashildi.

📖 Shuningdek, dars jarayonlari bevosita kuzatilib, o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, ta’lim metodikasi, o‘quvchilarning bilim darajasi va markaz faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Uchrashuv yakunida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlanib, markaz faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4