35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Soatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda tuman suv ta’minoti bo‘limi injineri ishtirokida Oqoltin tumanidagi “Ko‘rkam diyor”, “Saxovat” va “A.Navoiy” mahallalarida aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi PQ-132-son qarori asosida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida olib borildi. Mas’ullar tomonidan mahallalarda ichimlik suvi ta’minotining amaldagi holati, mavjud ehtiyojlar hamda aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, qurilish ishlarini nazoratga olish hamda natijada aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3