35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYATLARIMIZ VA YANGI YUTUQLARIMIZ POYDEVORI

MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYATLARIMIZ VA YANGI YUTUQLARIMIZ POYDEVORI

🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida ushbu ezgu g‘oya har birimizning qalbimizda Vatanga sadoqat, xalqimizga xizmat qilish va yurt taraqqiyoti uchun mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda.

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy mezoni — inson qadri, adolat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishdir. Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik va infratuzilma sohalaridagi keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz hayot sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari vakili hamda oliy tibbiy ta’lim tizimida rahbar xodim sifatida fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududlarni rivojlantirish hamda davlat dasturlarining joylarda samarali ijrosini ta’minlashni muhim vazifalarimdan biri deb bilaman.

Har bir qaror va tashabbus markazida, avvalo, inson manfaatlari va xalq farovonligi turishi lozim.

🟢 Mustaqillik bizga o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajagimizni bunyod etish imkonini berdi. Endilikda erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash, yosh avlodga munosib kelajak yaratish va yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish — barchamizning fuqarolik burchimizdir.

🎉 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Birligimiz va hamjihatligimiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng katta kuchi bo‘lib qolaversin!

✍️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov

Slide 1 of 1