35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
TUMAN MADANIYAT BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 134-son “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

🔎 Shu doirada ishchi guruh tomonidan Pastdarg‘om tumani Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

📚 O‘rganish jarayonida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, huquqiy o‘quv va tushuntirish mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining xodimlarga yetkazilishi hamda elektron o‘quv materiallaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

📌 Shuningdek, xodimlarning huquqiy bilimlarini baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha huquqiy savodxonlikni yanada oshirish, qonunchilik talablarini xodimlarga o‘z vaqtida yetkazish va huquqiy bilimlarni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4