35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil ma'lumot taqdim etildi

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil ma'lumot taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

🗣 Mazkur javobda deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan masalalar mutasaddi tashkilotlar mas’ullari tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, 30-mavzedagi 8-, 9- va 11-sonli ko‘p qavatli uylar oldida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yakunlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilganligi;

✍️ hozirgi kunda mazkur hududda avval to‘xtab qolgan ishlarni davom ettirish uchun moliyalashtirish masalasi ta’minlanib, qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalda boshlab yuborilgan. Jumladan, asfalt qoplamasini tiklash, hududni tartibga keltirish hamda qolib ketgan qurilish materiallarini olib chiqish ishlari olib borilayotganligi;

✍️ mazkur ishlarni qisqa muddatlarda, belgilangan texnik talablar va sifat me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda to‘liq yakunlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilganligi, ishlarning bajarilishi mas’ul xodimlar tomonidan nazoratga olinganligi batafsil qayd etilgan.

↗️ Shuningdek, ishlar yakunlangach, hududning obodonlashtirilishi va asfalt qoplamasining to‘liq tiklanishi ta’minlanib, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilishi ham ta'kidlangan.

✅ Belgilangan reja asosida deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala amaliy nazoratga olinganligini, “Obod mahalla” dasturi doirasida to‘xtab qolgan ishlar qayta boshlanganligini hamda mazkur hududdagi barcha belgilangan qurilish- ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari qisqa muddatlarda to‘liq va sifatli yakunlanishi bildirilgan.

Slide 1 of 4