35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA

NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi kotibiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan namunaviy doimiy komissiya qarorlarini amaliyotga to‘liq va sifatli joriy etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar doimiy komissiyalar faoliyatini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, ularning ish uslublarini yanada takomillashtirish, qarorlarni yagona tartib va mezonlar asosida tayyorlash hamda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Jarayonda har bir doimiy komissiya faoliyati tahlil qilinib, namunaviy qarorlarning mazmun-mohiyati amaliyotga bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda. Xususan, komissiya yig‘ilishlarini tashkil etish, kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish, qaror loyihalarini qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, ijro intizomini kuchaytirish hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni samarali yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy asoslari mustahkamlanishi, ularning mazmunan puxta va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishini ta’minlash yuzasidan uslubiy tavsiyalar berilib, komissiya raislari va kotiblari bilan muntazam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Amalga oshirilayotgan ushbu tizimli ishlar xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, Kengash qarorlarining sifatini oshirish hamda ularning ijrosini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi kotibiyati tomonidan namunaviy doimiy komissiya qarorlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 7