35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
“DOLZARB 40 KUNLIK”: “AHIL” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

“DOLZARB 40 KUNLIK”: “AHIL” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov tashabbusi bilan “Ahil” mahallasida hududni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🗣 Mazkur ishlar deputat boshchiligida hamda mahalladagi “yettilik” vakillari hamkorligida tashkil etilib, aholi uchun qulay va obod muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📉 Jumladan, “Ahil” MFY, Uzumbog‘ 1-tor ko‘chasi hududida to‘planib qolgan chiqindilarni olib chiqish, shuningdek, oqava suvlarning erkin oqib ketishini ta’minlash maqsadida mavjud suv yo‘llari va ariqlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

❗️Deputat tashabbusi bilan boshlangan mazkur amaliy ishlar davomida hududdagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilmoqda.

🌱 Obodlik — hamjihatlik va birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasidir!

Slide 1 of 10