35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
“Rabotak” mahallasidagi mavjud holat o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #deputat_okrugida
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

“Rabotak” mahallasidagi mavjud holat o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 12-Rabotak saylov okrugidan saylangan deputat M.Juraqulovaning saylov okrugi hududidagi “Rabotak” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov mahalla raisi hamda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishib, mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan suhbatlashdi.

O‘rganish davomida mahallada 1 211 ta xonadon, 1 277 ta oila va 4 972 nafar aholi istiqomat qilishi, 32 nafar ishsiz fuqaro mavjudligi, 146 ta oila Ijtimoiy reestrga, 104 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgani, 156 nafar fuqaro migratsiyada ekani hamda 4 ta oila ajrim yoqasida ekani haqida ma’lumotlar o‘rganildi. Mazkur yo‘nalishlarda tegishli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, mahalla raisi tomonidan “Xonchorvoq” va “Pillaxona” ko‘chalariga jami 20 dona elektr tayanch ustunlarini o‘rnatish, shuningdek, “Xonchorvoq” va “Paxtakor” ko‘chalarida ichimlik suvi ta’minoti mavjud emasligi bilan bog‘liq muammolar bildirildi.

Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2