35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
Saylov okrugidagi aholi murojaatlari o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #deputat_okrugida

Saylov okrugidagi aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Shreder saylov okrugidan saylangan deputat S.Abdishukurovning saylov okrugi hududidagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasiga tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tashrif buyurib, mahallaning “Uzumzor” ko‘chasida ko‘chaboshilar bilan suhbatlashdi hamda aholi tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarida avtomobillarning yuqori tezlikda harakatlanishi natijasida aholi xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani bildirildi. Shu munosabat bilan avtomobillar tezligini cheklash maqsadida sun’iy notekislik (tezlikni pasaytiruvchi moslama) o‘rnatish taklifi bildirildi.

Shuningdek, ayrim xonadonlarning tomorqa va hovlilaridan o‘tgan elektr tayanch ustunlarini xavfsizroq joyga ko‘chirish masalasida ham murojaatlar kelib tushdi.
Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi, zarur hollarda mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1