Deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda fuqarolar bilan o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlar davomida Uchqizil MFY Obod ko‘chasi aholisi tomonidan maishiy gaz ballonlari ta’minoti bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi.
Jumladan, fuqarolar maishiy gaz ballonlari belgilangan muddatlarda yetkazib berilmayotgani, ayrim gaz ballonlarining ventillari (jo‘mrak qismi) eskirib, foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgani hamda ayrim ballonlarda gaz miqdori belgilangan me’yorga to‘liq mos kelmasligi yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirdi.
Mazkur murojaatlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganilib, masalaga huquqiy baho berish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish hamda aholini sifatli va uzluksiz maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur masalaning ijrosi Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi tomonidan nazoratga olingan.