35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.

Buxoro tumanidagi Koʻchkoʻmar mahalla fuqarolar yigʻini binosida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekovning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 16-Qavola saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi aholi oʻzlarini qiynayotgan dolzarb muammolar va takliflar bilan murojaat qilishdi. Mazkur mahallada 11 ta aholi punkti boʻlib, unda 7 yarim mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.  

Qabulni ochib bergan deputat Jasurbek Jonibekov, avvalo, oʻz faoliyati yuzasidan saylovchilarga qisqacha hisobot berdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori sifatida faoliyat yuritayotgan J. Jonibekov deputatlik vakolatlarini bajarish jarayonida asosiy eʼtiborni fuqarolarning hayotiy ehtiyojlarini tizimli hal etishga qaratganini taʼkidladi. 

Xususan, 2026-yilning oʻtgan davri mobaynida viloyat Kengashining 10 ta sessiyasida ishtirok etib, saylovchilar tomonidan koʻtarilgan muammolar yuzasidan 10 dan ortiq takliflar ilgari surildi. Deputat oʻz saylov okrugiga kiruvchi 9 ta mahalla fuqarolar yigʻinida mavjud yoʻl, ichimlik suvi va infratuzilma bilan bogʻliq kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat organlariga 11 ta deputatlik soʻrovini yuborgan. Ushbu soʻrovlar natijasida mutasaddi idoralar tomonidan aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, ijro jarayoni deputatlik nazoratiga olingan. 

“Deputat va xalq oʻrtasidagi doimiy muloqot bizning eng asosiy vazifamizdir. Bugungi sayyor qabuldan koʻzlangan maqsad ham bevosita joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularga tezkor yechim topishdan iborat”, – dedi Jasurbek Jonibekov. 

Hisobotda keltirilishicha, deputatga joriy yilda 25 nafar fuqarodan yozma, ogʻzaki va elektron murojaatlar kelib tushgan. Ularning 14 tasi joyida hal etilgan boʻlsa, qolgan murojaatlar qoʻshimcha mablagʻ va vaqt talab qiluvchi murakkab masalalar sirasiga kirishi tufayli nazoratga olingan va hal etilish arafasida.  

Sayyor qabul davomida 12 nafar saylovchi ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan ichimlik suvi ta’minotini, mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash va hududni obodonlashtirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Barcha kelib tushgan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi chiqarilishi rejalashtirildi. 

Bu kabi sayyor qabullar deputatning saylov okruglaridagi muntazam faoliyatining bir qismi bo‘lib, ular aholi muammolarini yaqin masofadan hal etish hamda mahalliy Kengash faoliyatida xalq irodasini aks ettirishda muhim o‘rin tutadi.  

Slide 1 of 16