35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
#deputat_daftari 📍 Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 17-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputati M.Raximov o‘z saylov okrugi hududidagi Yangikent mahallasida mavjud muammolarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida aholi uchun muhim bo‘lgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo aniqlandi. Jumladan, yaroqlilik muddatini o‘tab bo‘lgan eskirgan yog‘och elektr tayanchlarini yangi, zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirish zarurati qayd etildi.

Mazkur muammo deputat daftariga kiritilib, uni hal etish yuzasidan deputat tomonidan o‘z vakolati doirasida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari va takliflar kiritish, masalaning yechimini esa deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.

🤝 Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish, ularni amaliy hal etish hamda deputat daftariga kiritilgan masalalar ijrosini nazorat qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 3