35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
#sorov_ijrosi #182_ds_369_26 ⚖️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Olim Sattarovich Sadullayev tomonidan 2026-yil 27-iyuldagi 182-ds-369-26-sonli deputat so‘rovi orqali xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, jabrlanganlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan ma’lumot so‘ralgan edi.

Mazkur deputat so‘roviga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2026-yil 6-avgustdagi 09-05/01-1397-sonli javob xati taqdim etildi.

📌 Javob xatida keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-sonli qarori asosida 2026-yil hisobot davriga qadar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 269 nafar xotin-qizning barchasiga himoya orderlari olib berilgan.

Shuningdek:
🔹 152 nafar xotin-qiz bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazilgan;
🔹 36 nafar xotin-qiz birlamchi ko‘mak xonalariga joylashtirilgan;
🔹 1 nafar xotin-qiz reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan;
🔹 jami 370 ta xizmat ko‘rsatilgan.
Ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida yuridik, psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kasbga o‘qitish kabi yo‘nalishlar mavjud.

📍 Mazkur ma’lumotlar deputat tomonidan o‘rganilib, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, jabrlanganlarga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish hamda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1