35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
“Arg‘in-Sada” MFYdagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi

“Arg‘in-Sada” MFYdagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 15-O‘zbekiston saylov okrugi deputati Radjapov Shuxratjon Payg‘ambarovich nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Eshov hamda “Arg‘in-Sada” MFY profilaktika inspektori bilan hamkorlikda mahalla hududidagi ichki ko‘cha yo‘llarining mavjud holati o‘rganildi.

📌O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar ko‘zdan kechirilib, aholining kundalik harakatlanishi uchun yo‘l sharoitlarini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🛣 O‘rganish natijasida ayrim ichki ko‘cha yo‘llari shag‘allashtirilgan holatda ekani, biroq yo‘l qoplamasini yanada yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida mazkur yo‘llarga beton qoplama yotqizish zarurati mavjudligi aniqlandi.

🛣 Shuningdek, ichki yo‘llarning holati mahalla aholisi bilan muhokama qilinib, fuqarolarning yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi. Aholining murojaatlari tegishli tartibda qayd etilib, mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🛣 O‘rganish yakunlari bo‘yicha shag‘allashtirilgan ichki ko‘cha yo‘llariga beton qoplama yotqizish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholining erkin hamda xavfsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2