35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILDI

AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullaevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan 14-“Ziyokor” saylov okrugiga qarashli “Bahor” mahallasida ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

🤝 Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganildi. Fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.

⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmonida belgilangan aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish vazifalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

✅ O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish va masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

💚 Har bir murojaat — e’tiborda, har bir muammo — nazoratda!

Slide 1 of 2