35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari O'rta hirchiq tuman Kengashiga 21-“Angor” saylov okrugidan saylangan deputat, Mahalliy budjet va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya azosi Boynazarova Gulmura Shakirjanovna tomonidan deputatlik vakolati doirasida o‘ziga biriktirilgan tashkilot —O'rta Chirchiq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan bo‘lim boshlig‘i A. Jo‘rayev va bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari A. Doliyev bilan muloqot qilinib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, subsidiya va boshqa davlat ko‘maklaridan foydalanish holati, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish jarayonida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, qonun ijrosini yanada kuchaytirish va aholi bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar monitoringi izchil davom ettiriladi.


✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3