35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA KOTIBIYAT XODIMI NOGIRONLIGI BO‘LGAN SAYLOVCHILAR HOLIDAN HABAR OLDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

⚖️ QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY HAMKORLIK

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyev hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov ishtirokida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, qonunlar targ‘ibotini kuchaytirish hamda huquqiy hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 Tadbir davomida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni amaldagi qonunchilik asosida o‘rganish hamda ularning huquqiy yechimini ta’minlash borasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

📚 Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan normativ tusga ega bo‘lgan qarorlarni qabul qilish jarayonlarida huquqiy ekspertiza va Adliya organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi va deputatlarga yetkazish hamda huquqiy targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️ “Madad” NNT bilan hamkorlikda aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarning murojaatlarini huquqiy jihatdan o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

📝 Uchrashuv yakunida qonunlar targ‘iboti, huquqiy savodxonlikni oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda Kengash faoliyatida huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli kelishuvlarga erishildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4