Xabaringiz bor, tumanda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish maqsadida, Darg‘om kanalining 4 kilometr qismida keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash loyihasi amalga oshirilmoqda.
✅Ushbu "Sohil bo‘yi sog‘lomlashtirish va turizm" maskani loyihasi doirasida hududdagi 7,1 gektar yer maydoni byudjet mablag‘lari hisobidan zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlanyapti.
🆙Mazkur hududdagi yer maydonlari shaffof tarzda 20 ta lotga bo‘linib, shundan 5,66 gektar yoki 13 ta lotdan iborat yer uchastkalari auksion savdolari orqali sotildi.
🏠Hozirda sotilgan yer maydonlarida 5 ta tashabbuskor tomonidan qiymati 55,0 milliard so‘mlik13 ta loyiha amalga oshirilayotgan bo‘lib, ular to‘liq ishga tushirilishi natijasida hududda 180 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi va aholiga zamonaviy xizmat ko‘rsatish turlari kengayadi.
👨💼Tuman hokimi J.Pardayev tegishli o‘rinbosarlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla masʼullari, oqsoqollar, tadbirkorlar hamda tuman bosh imom-xatibi ishtirokida mazkur hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan loyihalar holati bilan yaqindan tanishdi. Xayrli ishga kirishish oldidan qurbonlik keltirilib, jonliq so‘yildi va Qurʼon tilovat qilindi.