35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

22-BAND IJROSI: Juma shaharchasida suv va oqova suv infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 22-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlar F. Xolmuratova va N. Dusmurodov tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida PQ-392-son qarori asosida Juma shaharchasida renovatsiya dasturi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi loyihalari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha doirasida 26 ta 7–9 qavatli, jami 1,5 ming xonadonli uy-joylar uchun zarur suv va oqova suv infratuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan.

🔹 1 000 m³ sig‘imli oqova suv inshootini qurish;
🔹 30 km oqova suv tarmoqlarini tortish;
🔹 30 km yangi ichimlik suv tarmoqlarini tortish;
🔹 ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 47 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan.

Slide 1 of 6