Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining doimiy komissiyalari hamda ularga biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ish samaradorligini oshirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✔️Mazkur hamkorlik doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi ma’muriyatida o‘rganish va hamkorlik ishlari olib borildi.
✔️O‘rganish davomida tashkilot faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashilib, hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud masalalarni birgalikda o‘rganish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.