Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Sharopova tomonidan hududdagi maktab kutubxonalarining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.